Germaniyaning Berlin shahrida o‘zbek she’riyatiga asoslangan Kirill Rixter va dirijor Alibek Kabduraxmonov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining konserti o‘tkazildi. Bu haqda saida Mirziyoyeva o‘z sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Kirill Rixter aynan shu konsert uchun o‘zbek she’riyatiga asoslangan asar tayyorlab, uning musiqasi va ssenografiyasiga mualliflik qildi. Ko‘rgazma mamlakat tarixining boyligi va rang-barangligini namoyish etadi hamda tarixiy merosni asrash va o‘rganishning muhim ahamiyatini ko‘rsatadi.

Foto: Telegram / @SSHMirziyoyeva
“Ushbu loyiha tinglovchilarga o‘zbek she’riyatining teranligi va go‘zalligini his etish hamda sozandalarimizning iste’dodi va mahoratiga baho berish imkonini beradi.
Ushbu musiqiy tadbirni 'O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar imperiyasigacha' ko‘rgazmasining debochasi deyish mumkin. Ko‘rgazma yurtimiz tarixining boyligi va rang-barangligini namoyish etadi hamda tarixiy merosni asrash va o‘rganishning muhim ahamiyatini ko‘rsatadi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.

Foto: Telegram / @SSHMirziyoyeva
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar