16:05 / 20.05.2023
169

Venetsiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni ochildi

Venetsiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni ochildi
XVIII Xalqaro Venetsiya me’morchilik biyennalesi ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy pavilonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
 
Pavilon tashabbuskori sifatida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, kuratori sifatida «Studio KO» faoliyat yuritmoqda.
 
Pavilonga tashrif buyuruvchilar mamlakatimizning boy va turfa madaniy merosi haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
Bu safar madaniyatimiz an’anaviy hunarmandchilik, xalqimiz matonati va qudrati timsoli bo‘lgan qadimiy istehkom qal’alarining bunyod etilishi, yurtimizning uzun va serqirra tarixi aks etgan eksponatlarda namoyon bo‘ladi.
 
Venetsiyada tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma eshiklari 2023 yilning 20 mayidan 26 noyabriga qadar ochiq bo‘ladi, qayd etadi Mirziyoyeva.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Venetsiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni ochildi