13:43 / 31.05.2023
184

Arnold Shvarsenegger kinoni tark etgan hamkasbi Bryus Uillisni “buyuk kinoyulduz” deb atadi

Foto: YouTube

Gollivud aktyori Arnold Shvarsenegger Cinema Blend portaliga bergan intervyusida hamkasbi Bryus Uillisning holati haqida gapirdi.

O‘tgan yili Bryusda asta-sekinlik bilan demensiyaga aylanib ketayotgan afaziya xastaligi aniqlangan edi. Shvarseneggerning aytishicha, dunyo kinoixlosmandlari Bryusni “katta kinoyulduz” sifatida eslab qoladi.

Fikrimcha, u buyuk aktyor. U uzoq yillar davomida yorqin yulduzlik davrini boshdan kechirdi. Uni har doim katta kinoyulduz va mehribon inson sifatida eslab qolishadi. Sog‘lig‘i tufayli kinodan chetlashishga to‘g‘ri kelganini tushunaman. Biroq, biz aktyorlar umuman olganda hech qachon pensiyaga chiqmaymiz. Jangari film qahramonlari biroz tin olib, keyingi otishmaga tayyorgarlik ko‘rishadi, xolos”, — deydi Arnold Shvarsenegger.

Shvarsenegger va Uillis 1990-yillarda tanishib, “Chegarasiz” filmida birgalikda suratga tushgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Arnold Shvarsenegger kinoni tark etgan hamkasbi Bryus Uillisni “buyuk kinoyulduz” deb atadi