
Noma’lum kishilar keniyalik aktrisa Lyupita Niongoning o‘tgan yakshanba kuni «Oskar» marosimiga kiyib borgan marvarid qadalgan ko‘ylagini o‘g‘irlab ketdi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti».
Polisiya vakilining Agence France-Presse agentligiga ma’lum qilishicha, noyob libos Los-Anjelesdagi mehmonxona nomeridan o‘marilgan.
Niongoning ko‘ylagi Calvin Klein modalar uyi tomonidan alohida buyurtma bo‘yicha tikilib, olti mingta oq marvarid bilan bezatilgan edi. Uning qiymati taxminan 150 ming dollarga teng.
Manba: www.daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar