12:53 / 25.06.2023
671

“Gulsanamga u sahnaning egasi borligini aytganman” — Otabek Muhammadzohid

Foto: “Daryo” 

Otabek Muhammadzohid “MY5” telekanalining Amirxon Umarov shousida ishtirok etib, ko‘plab savollarga javob berdi.

— Men uyda tug‘ilishni afzal ko‘rib, tug‘uruqxonaga ham yetib bormagan ekanman. Shu boisdanmi, bilmadim, Farg‘onani hech qayerga almasholmayman. Toshkentga kelib, ishim bitishi bilan ob-havo noqulay bo‘lsa-da, o‘sha kuniyoq ortimga qaytaman. Toshkentga ko‘chib kelolmasligimning sababi — yolg‘iz o‘g‘il farzand ekanligim bilan ham bog‘liq. Farg‘onada onamning do‘st-birodarlari, qarindosh-urug‘lari ko‘p. Toshkentga ko‘chib kelsak, men o‘zimga do‘st-birodar topib olishim mumkin. Ammo 70 yoshdan oshgan onam bunga qiynaladi, — deydi Otabek Muhammadzohid.

O‘ttiz yildan buyon katta sahnada ijod qilayotgan Otabek Muhammadzohidning nega birorta unvoni yo‘q. Jurnalistning bu savoliga xonanda quyidagicha javob berdi.

Har narsaning o‘z vaqt soati bor. Shu kungacha unvon uchun intilgan xonanda emasman. Uni olish uchun davlat tadbirlari faol bo‘lish kerak, deyishadi. Tan olaman, 30-40 yoshlar oralig‘ida davlat tadbirlaridan ko‘ra to‘ylarni afzal ko‘rgan paytlarim bo‘lgan. Ammo pulning ortidan quvmaganman, shunchaki 2-3 oy avval bo‘sh kunimga qarab to‘y kunini belgilagan odamlarni ranjitgim kelmagan, — deydi xonanda.

Amirxon Umarovning “Bir muddat Gulsanam Mamazoitova davlat tadbirlarining yakuniy qo‘shiqlarini ijro etdi va bu ishni avval qilganlarga bu yoqmadi” degan fikriga Otabek Muhammadzohid o‘z munosabatini bildirdi. 

Foto: “Daryo” 

O‘zbekchilikda bitta ko‘ylak ortiqroq kiygan insonning ham hurmati joyiga qo‘yiladi. Haqiqatan ham shunday davr bo‘ldiki, ustozlarimiz ma’lum sabablarga ko‘ra sahnadan chetlatilganda davlat tadbirlarining yakuniy qo‘shiqlarini kuylash uchun Gulsanam tanlandi. O‘sha vaqtda ham Gulsanamga “Bu joyning egasi bor, sen vaqtinchalik shu ishni qilyapsan”, deb uqtirib kelganmiz. Nima haqida gapirayotganimni yaxshi tushunib turibsizlar. Shu bois u inson sahnaga qaytganidan so‘ng Gulsanamning dili zarracha og‘rigani yo‘q. 1998-yili “Yulduzlar yog‘dusi”da “Mallasoch” qo‘shig‘i bilan xalq nazariga tushish imkoniyatimni ham o‘sha ustoz yaratib bergan. Biz o‘tgan kunimizni esdan chiqarmaymiz, — deydi Otabek Muhammadzohid.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Gulsanamga u sahnaning egasi borligini aytganman” — Otabek Muhammadzohid