Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Jeki Chan o‘zi ishtirokidagi eng mashhur filmlarni tomosha qilayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Aktyor karyerasi avvalidagi kinokartinalarni tomosha qilib ko‘z yoshlarini tiya olmadi.
Tomoshabinlar bu qaysi filmdagi sahna ekanini topishga qiynaldi
Ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari oilaviy videoni ko‘rishga qaror qildi. Bu aslida Jeki Channing 2023-yilning aprel oyida chiqqan so‘nggi filmidan olingan kadrlar bo‘lgan. “Kung-fu tulpor” filmida aktyor og‘ir jarohatlar tufayli butun boyligidan ayrilgan va kasbni tark etishga majbur bo‘lgan kaskadyor rolini o‘ynagan. Xavfli ish erkakning oilasiga qimmatga tushadi va u katta yoshli qizi bilan deyarli muloqot qilmaydi. Bosh qahramonga yaqin bo‘lgan yagona jonzot — u qoldirgan ot.
Yolg‘iz farzandi bilan munosabatlarni o‘rnatishga urinayotgan qahramon eski videolarini tomosha qilgan. Unda Jeki Chan bir paytlar amalga oshirgan, nafaqat muvaffaqiyatli dubllar, balki jiddiy jarohatlar bilan yakunlangan haqiqiy tryuklar ham ko‘rsatilgan. Jeki Chan boshidan kechirgan dardlarni eslab, ko‘z yoshlarini tiya olmadi.
Jeki Chan bejizga ko‘z yosh to‘kmagan
Jeki Chan nafaqat iste’dodli komedik aktyor, balki o‘zining barcha tryuklarini — hatto eng murakkab va aqlbovar qilmaydiganlarini ham o‘zi ijro etishni afzal ko‘radigan professional kaskadyor sifatida mashhur bo‘ldi. Aktyor bekorga yig‘lamagan, sababi yorqin va esda qolarli kadrlar sabab Chan ba’zida oylarini kasalxonada o‘tkazar edi.
U faoliyati davomida tanasidagi deyarli barcha suyaklarni sindirib olgan va keyinchalik hech bir sug‘urta qilish kompaniyasi u bilan hamkorlik qilishni istamagan. Jekining muvaffaqiyatsiz suratga olingan videolarini tomosha qilgandan so‘ng, filmlaridagi kulgili va hayratlanarli lahzalar ortida qanchalar mehnat, og‘riq va ko‘z yoshlar turgani ayon bo‘ladi. Uning oxirgi loyihasidagi ta’sirli sahna yangi ma’no kasb etadi.