O‘zbekistonlik Malika Razzoqova «Novaya volna–2017» xalqaro qo‘shiq tanlovi kastingidan o‘tdi

O‘zbekistonlik Malika Razzoqova «Novaya volna–2017» («Yangi to‘lqin–2017») xalqaro qo‘shiq tanlovi kastingidan o‘tdi.
Musiqachilarni tinglash «Tavrida-2016» forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilarini Rossiya shou-bisnezi vakillari – bastakor Igor Krutoy, xonanda Valeriya va uning turmush o‘rtog‘i, prodyuser Iosif Prigojin tanlab oldi.
Xabarda qayd etilishicha, Malika Razzoqova O‘zbekistonda tug‘ilgan, keyinroq esa Ufaga ko‘chib o‘tgan. U Qozon madaniyat va san’at universiteti bitiruvchisi hisoblanadi. Malika qo‘shiqlarni tatar, boshqird, rus, ingliz va turk tillarida kuylaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing