date

Xonanda Diyor Mahkamov Turkiyadagi isyonlar vaqtida Istanbulda bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Xonanda Diyor Mahkamov Turkiyadagi isyonlar vaqtida Istanbulda bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Kecha, 15 iyul Turkiyaning Istanbul va Anqara shaharlarida harbiylar tomonidan mamlakat hokimiyatini qo‘lga kiritishga bo‘lgan urinishlar amalga oshirilgani haqida avval ham xabar bergan edik. Turkiyada hukm surayotgan notinch vaziyat nafaqat mamlakat ichida bo‘lgan fuqarolar va sayyohlarni, balki butun dunyo mamlakatlaridagi tinch aholi vakillarini xavotirga solmoqda.

Bugun, 16 iyul kuni o‘zbekistonlik taniqli xonandalardan biri, “Nihol” mukofoti sovrindori Diyor Mahkamov Turkiyada ko‘tarilgan isyon vaqtida Istanbul shahrida bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda xonandaning o‘zi Instagram’dagi shaxsiy sahifasida xabar qoldirdi. U Istanbulda tushgan suratlaridan biriga quyidagicha izoh yozdi.

“Istanbulda osoyishta hayot davom etmoqda. Men uchun qayg‘urib, xabar yozgan yoki qo‘ng‘iroq qilgan hammmaga rahmat aytaman. Shuni alohida ta’kidlardimki, O‘zbekistondan yaxshisi yo‘q! Qadrlayman...”.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyadagi notinch vaziyat sabab qurbonlar soni 161 kishiga etdi. Jabrlangan soni esa 1440 kishini tashkil etmoqda. So‘nggi xabarlarga qaraganda, 2839 askar isyonchi harbiylarga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Diyor Mahkamov Turkiyadagi isyonlar vaqtida Istanbulda bo‘lgani ma’lum bo‘ldi