date

Gulchexra Eshonqulova va Sharof Sharopov o‘g‘il farzandli bo‘lishdi

Gulchexra Eshonqulova va Sharof Sharopov o‘g‘il farzandli bo‘lishdi

Aktrisa Gulchexra Eshonqulova va akter Sharof Sharapovlar kecha kechasi Turkiyaning Istanbul shaxrida ota va ona maqomiga ega bo‘ldilar. O‘g‘ilcha 4 kilogram tug‘ildi. Ism xozircha tanlangani yo‘q. Sharof yangilik bilan birinchi bo‘lib o‘z ota-onasi bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi sayyod.com.

Ikki sevishganni yashirin turmushiyu, bir oy o‘tmay ajrashgani, turmushiga Sharofni onasi qarshi bo‘lganiligi xaqidagi "realiti shousi"ni eksklyuziv tarzda suratlari bilan fosh qilib saytimizda yoritgandik (manbaa). Baribir Moskvaga ketib bo‘lsa xam keyin yana Gulchexra bilan topishgan Sharof oxiri Istanbulda farzandlik bo‘lishdi.
Toshkentda sevishdi, Samarqandda ajrashdi, Moskopda depressiya o‘tab mana Istanbulda axiyri uvali juvaliyam bo‘lib ketishmoqda))

Ayni damda Sharof onasi vaziyatga ko‘ngani xaqida ma’lum. Mana nabiralik xam bo‘ldilar. Gulchexra va Sharofga faqat baxt tilash mumkin. Solix farzand bo‘lsin... Gulchexra esa buyog‘iga erini onasini rozi qiladigan kelin bo‘lsin ishqilib, xarxolda o‘zi endi ona bo‘ldi. Undayam endi o‘g‘il! Istanbulda o‘qiyotgan Gulchexra bilan Sharof birga o‘sha erda o‘quv stipendiyasiga yashashmoqda. Turk seriallaridan takliflar tushgan va suratga olish ishlarida xam bandligi xaqida xabarlar mavjud. Gulchexraning onasi xam Istanbulda, qo‘llab-quvvatlashga borgan. Sharofni onasi esa Samarqandda.

Xullas tabrik! Baxt! Farzand axir bu Allox ne’mati! Bu eeeeng katta baxt! Buyog‘iga xatoga yo‘l yo‘q, katta mas’uliyat! Ota va ona maqomi xarkimga xam nasib etavermaydi. Loyiq ota-ona bo‘lmoqlik esa sanoqlilargagina.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Gulchexra Eshonqulova va Sharof Sharopov o‘g‘il farzandli bo‘lishdi