17:39 / 15.11.2023
53

“Uenzdey”ning yangi mavsumi 2024-yilda suratga olinishi maʼlum bo‘ldi

Netflix olamshumul mashhurlikka erishgan “Uenzdey” serialining yangi mavsumini 2024-yilning bahor faslida – aprel oyida suratga ola boshlaydi. Maʼlumotlarga ko‘ra, suratga olish jarayoni Irlandiyada bo‘lib o‘tadi.

Bunga birinchi mavsumni Ruminiyada suratga olish vaqtida ijodiy jamoaning “logistika bilan bog‘liq muammolar”ga duch kelgani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Yangi seriyalarning tomoshabinlar eʼtiboriga qachon taqdim etilishi hozircha aniq emas.

Loyiha ijodkorlari ikkinchi mavsumning syujetiga oid maʼlumotlarni ham oshkor qilganlaricha yo‘q. Ular kutilayotgan mavsumda Addamslar oilasining yana bir necha vakillari ham ko‘rinish berishi, asosiy eʼtibor Uenzdey va uning onasi Mortisha o‘rtasidagi munosabatlarga qaratilishini aytib o‘tgan.

Serialning bosh rol ijrochisi Jenna Ortega ikkinchi mavsumga prodyuserlik ham qiladi.

Ikkinchi mavsumda ekran orqali ko‘rinish beradigan aktyorlar tarkibi maʼlum emas. Ayrim nashrlar serialning ilk mavsumida Xavyer Torp rolini ijro etgan Persi Xayns Uayt jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, loyihani tark etgani haqida yozgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Uenzdey”ning yangi mavsumi 2024-yilda suratga olinishi maʼlum bo‘ldi