09:33 / 19.11.2023
373

Xonanda Imron kam pul yig‘ilgani bois konsertga chiqmagani haqida tarqalgan xabarga izoh berdi

Xonanda Imron kam pul yig‘ilgani bois konsertga chiqmagani haqida tarqalgan xabarga izoh berdi

Foto: Internet

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida xonanda Imron (Oybek To‘xtayev) ikki ming odam yig‘ilgan stadiondagi konsertga sotilgan chiptadan kam pul yig‘ilgani uchun chiqmagani haqida xabarlar tarqaldi.

Imronning bugun, 18 noyabr kuni soat 11:00 da Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi stadionda konserti belgilangan edi.

Biletlar sotilgan, biroq ikki mingga yaqin muxlislari dastur boshlanishini stadionda ikki soat kutgan. Lekin Imron chiqmagan, xalq norozi bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Imron tushuntirish bergan. Uning aytishicha, sog‘lig‘ida muammo bo‘lgani bois konsertni boshqa kunga qoldirishga majbur bo‘lgan.

 “Mazam bo‘lmay qoldi, issiq jon. Sizlardan ming bor uzr so‘raymiz. Ertaga konsert juda ham zo‘r bo‘ladi”, — degan xonanda.

Konsert dasturi ertaga, 19 noyabr kuni soat 11:00 ga qoldirilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Imron kam pul yig‘ilgani bois konsertga chiqmagani haqida tarqalgan xabarga izoh berdi