14:05 / 23.11.2023
816

“Bu savol ayol kishining dilini og‘ritadi”. Manzura yolg‘izlikdan zerikkani, yosh ko‘rinishi sababi haqida

“Bu savol ayol kishining dilini og‘ritadi”. Manzura yolg‘izlikdan zerikkani, yosh ko‘rinishi sababi haqida

Xonanda Manzura jurnalist Jasur Hamroyevga bergan intervyusida muxlislarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi. Quyida xonandaning shaxsiy hayoti, ayni paytdagi o‘ylari hamda nogiron mushukni parvarish qilishga nima majbur qilayotgani haqidagi savollarga javoblari keltiriladi.

Foto: Instagram
 

— Sizni san’atda nima ushlab turibdi?
— Men musiqachiman. Bolaligimdan musiqa bilan shug‘ullanaman. Uspenskiy nomidagi maktabni tamomlaganman. Bundan tashqari men professional pianinochiman. Pianinodan ham bemalol konservatoriya va ixtisoslashgan maktablarda dars berishim mumkin. Alloh menga shu sohani kasb qilib bergan, shuni orqasidan rizq topyapman. Aynan sababi shu bo‘lsa kerak.

— Yolg‘izlikdan charchamadingizmi?
— Bunaqa savollarni oxirgi paytda menga juda ko‘p berishadi. Bu savol ayol kishining dilini juda og‘ritadi. Lekin men ko‘nikib ketdim. Yolg‘izlikdan hamma zeriksa kerak. Men ham oddiy ayolman, albatta yolg‘izlikdan zerikaman. Lekin bu qazoyi qadar. Alloh bergan taqdir. Shu qazoyi qadarni men qabul qilib, shukr qilib yashashim kerak. Chunki biz bilmaymiz, Alloh bizni qandaydir musibat, mushkulotlardan asrayotgandir, kuydirgi turmush o‘rtoq, kuydirgi farzanddan asrayotgandir. Shu uchun hayotdan bahra olib, shukr qilib yashashim kerak.

— Balki siz seva olmagandirsiz? Yoki sizni sevishmadimi?
— Bo‘lishi mumkin. Lekin baribir bu masalada balki degan narsa yo‘q. Hamma narsa Allohning izni bilan bo‘ladi. Men yaxshi inson bo‘lsa, albatta turmushga chiqaman.

— Eringizni boqishga tayyormisiz? Agar shunday vaziyat bo‘lib qolsa? Siz uni sevib qoldingiz, lekin uning kasbi, hunari yo‘q.
— Yoshim 40 dan oshdi. U 5 yoshida erkatoy bo‘lishi mumkin yoki 15, 20 yoshida bo‘lishi mumkin. Lekin mening tengdoshim 40 yoshli yoki 35 yoshli bo‘lsa, u nimasi bilan menga qiziq bo‘ladi? Husni bilanmi? U o‘zining amallari bilan menga qiziq bo‘ladi. Masalan, menga saxiy insonlar yoqadi. Mayli, u Afrikaga borib quduq qazib, suv chiqarsin, mehribonlik uylariga yordam bersin. O‘zining mehnati bilan tirishib, topsin, onasi va yaqinlariga yordam bersin. Xalqimizga nafi tegadigan inson bo‘lsin. Quruq tana, chiroy kimga kerak? Erkak kishi ayol kishiga qalqon bo‘lishi kerak. Menga Instagram’da ham ‘Kambag‘al bolaga tegarmidingiz?’, deyishadi. Yo‘q, desam salbiy izohlar keladi. Lekin bizning ajdodlarimiz qanday insonlar bo‘lgan, tarixga bir nazar tashlang. Ularning hech biri ayoliga “Bor, sen ko‘chaga chiqib pul topib kel, men uyda o‘tiraman”, demagan.

Foto: Instagram
 

 — O‘zingizni kuchli inson deb bilasizmi?
— Ota-onamni yo‘qotganimdan keyin hech narsaga qiziqishim qolmadi, depressiyaga tushib qoldim. Bir uyda to‘rt kishi yashardik. Ota-onam, opam va men. Tasavvur qiling, to‘rt oy ichida ikkita inson vafot etdi. 

Otam rahmatli Yangi yil bayrami dasturxoniga qo‘yiladigan olivye salati va norin taomini yaxshi ko‘rardi. Dasturxon tuzab, oila davrasida televizor ko‘rishni yaxshi ko‘rardik. 2018-yilning yozida ota-onamdan ketma-ket ayrildik va Yangi yil dasturxonida Nigina opam bilan yolg‘iz o‘tiribmiz. Bu holat inson ruhiyatiga juda qattiq ta’sir etar ekan. Hatto shunday kunlar ham bo‘ldiki, uyni ta’mirlatish kerak bo‘lganida shu ishni ham qilishni istamadik. Chunki uyning har burchagidan ota-onamning yuz-ko‘zlari ko‘rinardi. Uydagi har bir narsa ular bilan bog‘liq xotiralarni eslatardi. 

Bu gaplarni nega gapiryapman. Agar hozir siz depressiyaga tushgan bo‘lsangiz, bilingki sizning turmush o‘rtog‘ingiz, farzandlaringiz bor. Agar turmush o‘rtog‘im va farzandlarim bo‘lganida men bu jarayonni osonroq o‘tkazarmidim. Mening og‘ir kunimda yonimda faqat opam va mushukchalarim bor edi.

Foto: Instagram
 

— Aytishlaricha, nogiron mushukchani parvarish qilar ekansiz?
— Ha, Facebook orqali ko‘chadan topib olgan nogiron mushukchani parvarishlayman. Agar uni topshirib yuborsam. Darhol evtanaziya qilishadi. Kechasi yuzini yuzimga bosib, “Meni bervorma” deb yalinayotgandek bo‘ladi. Gimnastika qilsam, kelib gilamchaga yotib, o‘z qiliqlari bilan meni kuldiradi.

— Manzura, doimo yosh ko‘rinishingizning sababi nima?
— Yosh ko‘rinishimning birinchi siri — turmushga chiqmaganim. Farzand ko‘rmaganim, chunki bilaman, farzand katta qilish ham juda mashaqqatli mehnat. Shu narsa ham qaritvoradi. Menda bu ne’mat hozircha yo‘q. Xudo xohlasa bo‘ladi. Keyin kosmetologga muntazam boraman. “O‘zim shunaqa chiroyliman”, desam yolg‘on bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Bu savol ayol kishining dilini og‘ritadi”. Manzura yolg‘izlikdan zerikkani, yosh ko‘rinishi sababi haqida