18:50 / 02.01.2024
76

O‘zbekistonda madaniy tadbirlarning yangi loyihalari tasdiqlandi

O‘zbekistonda madaniy tadbirlarning yangi loyihalari tasdiqlandi
Prezidentning «Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
 
Olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga va turistlarga madaniy xizmatlar ko‘rsatish darajasini oshirish, iste’dodli yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish hamda sohaga xususiy sektorni keng jalb etish maqsadida 2024–2025 yillarda respublikada o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejasi tasdiqlandi.
 
U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • 2024–2025 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini o‘tkazish rejalari;
  • 2024–2025 yillarda Madaniyat vazirligi tomonidan «Madaniyat karvoni» shaklida hududlarda konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazish rejasi.
 2024 yil 1 apreldan boshlab «Madaniyat to‘lqinlari» media loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Tanlov doirasida jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan va g‘oyaviy yuksak eng yaxshi 50 ta media mahsulotning har biri 50 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonda madaniy tadbirlarning yangi loyihalari tasdiqlandi