Foto: O‘zA
O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Milliy muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Unga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasi raisining rafiqasi Pen Liyuan hamrohligida Pekindagi Xitoy Milliy muzeyini ko‘zdan kechirdi.
Ushbu hashamatli muzeyda Chin mamlakatining 5000 yildan ortiq tarixidan so‘zlovchi 620 mingdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi. Birinchi xonimlar muzeydagi Xitoyning boy madaniyati haqida so‘zlovchi nodir ekspozitsiyalarni katta qiziqish bilan tomosha qildi.
Foto: O‘zA
Samimiy suhbatda xalqlar madaniyati va qadriyatlari o‘xshashligi, rishtalar ko‘p ming yillik tarixga ega ekani, bularning barchasi bugungi munosabatlar rivojiga kuchli sur’at bag‘ishlayotgani qayd etildi.
Ziroat Mirziyoyeva xalqlarni yanada yaqinlashtirish, o‘zaro anglashuvni mustahkamlash maqsadida madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish muhimligini, mamlakatlarda muntazam o‘tkazib kelinayotgan madaniyat kunlari bunga yorqin misol ekanini ta’kidladi. Muzey bilan tanishuv iliq va samimiy ruhda o‘tdi.
Foto: O‘zA
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring