Yulduz Usmonovaning muxlislari bahor faslini intiqlik bilan kutishadi. Boisi, xonanda ayni bahor chog‘i yangi konsert dasturi bilan muxlislarini xushnud etadi. Ammo bu yilgi dastur bir oz ertaroq fevral oyida boshlandi. Ammo aytish mumkinki, tashqari qorga burkangan bo‘lsa-da, “Istiqlol” san’at saroyida bahor nafasi ufurib turardi.
Xonanda bu yilgi sahna bezaklarida gullarga alohida urg‘u bergan.
Foto: “Daryo”
Yulduz Usmonova har yilgi konsertida yangi qo‘shiqlarga alohida e’tibor berardi. Bu yilgi dastur repertuari esa asosan nostalgiya qo‘shiqlaridan iborat bo‘ldi. Ammo muxlislar buni o‘zgacha zavq bilan qarshilashdi.
Foto: “Daryo”
Konsert to‘liq jonli ijroda o‘tkazilgani uchun ham katta orkestr va xor jamoasi ham ishtirok etdi. Saroy sahnasida 120 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Foto: “Daryo”
Dasturni doimgidek qiziqchi Shukrullo Isroilov olib bordi.
Foto: “Daryo”
Yulduz Usmonova “Navro‘z” raqs jamoasi raqqos va raqqosalari bilan birga tengma-teng raqsga tushdi. Ayniqsa, uning xorazmcha raqsi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Foto: “Daryo”
Xonandaning bu yilgi konsert dasturi ham ko‘taringki kayfiyatda o‘tdi. Faqatgina konsert berish borasida bir necha yil tanaffus qilmoqchi ekani haqidagi gaplari muxlislarni bir oz ranjitdi. Chunki primadonna kabi sahnada yonib kuylaydigan xonandalar ko‘p emas.
Foto: “Daryo”
Agar Yulduz Usmonova konsertining zavqini qisman bo‘lsa-da, his qilishni istasangiz, tayyorlangan maxsus reportajni tomosha qiling. Ketgan vaqtingizga aslo achinmaysiz.
Yulduz Usmonova, Konsert, Nostalgiya qo'shiqlar “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi