Gulchehra Eshonqulova o‘g‘liga Istanbuldagi Sulton Ahmad masjidida azon o‘qitdi

Aktrisa Gulchehra Eshonqulova o‘g‘il farzandli bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Ayni damda turmush o‘rtog‘i Sharof Sharapov bilan Turkiyaning Istanbul shahrida yashayotgan aktrisa bugun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali shaxsiy hayotidagi yangilik bilan bo‘lishdi.
“Hammaga shirin tabriklar uchun katta rahmat. Yana bir shirin, baxtli kunlarimizdan birini sizlar bilan bo‘lishmokchimiz...
Bugun hayotim, turmush o‘rtog‘im bilan niyat qilib qo‘ygan yana bir shirin maqsadimizga erishdik. Shirintoy arslonimiz, ko‘zimizning nuri o‘g‘limizga Turkiyaning Istanbul shahridagi tarixiy va eng go‘zal Sulton Ahmad jome masjidida azon o‘qitdik”,—deb yozdi aktrisa o‘zining “Instagram”dagi sahifasida.
Manba: Darakchi.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing