date

O‘zbekistonlik san’atkorlarning ma’lum guruhi Olimpiadachilar uchun gimn kuylamoqda

O‘zbekistonlik san’atkorlarning ma’lum guruhi Olimpiadachilar uchun gimn kuylamoqda

5-21 avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumiy hisobda 206ta mamlakat o‘rtasida 21 o‘rinni qayd etdilar, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Mamlakatimiz nomidan Braziliyaga otlangan sportchilarni san’at ahli vakillari itirokidagi konsert dasturi bilan kuzatib qo‘yilgan edi. Ularning qaytishiga ham ajoyib sovg‘a tayyorlanyapti. Xonandalar sportchilar sha’niga qo‘shiq kuylashyapti. Bu haqda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurashid Yo‘ldoshev o‘zining Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilarimiz sharafiga kuylanayotgan qo‘shiqda Yo‘ldoshevdan tashqari O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, xonanda Ulug‘bek Rahmatullaevning ham ovozlari jarang sochadi. Taxminimizcha, qo‘shiqdagi ovozlar orasidan yuqorida nomlari keltirilgan san’atkor “guruhdoshi” sanalgan O‘zbekiston xalq artistlari Zulayho Boyxonova va Gulsanam Mamazoitova ham o‘rin oladi.

Mazkur qo‘shiq Rio Olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston delegasiyasi uchun tashkil etilajak tantanali kechada jarang sochadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonlik san’atkorlarning ma’lum guruhi Olimpiadachilar uchun gimn kuylamoqda