14:56 / 29.02.2024
316

20 yilga kechikkan baxt: Jennifer Lopes va Ben Afflek nima uchun ajrashib ketgan edi?

20 yilga kechikkan baxt: Jennifer Lopes va Ben Afflek nima uchun ajrashib ketgan edi?
Kuni kecha “Aytilmagan eng buyuk sevgi tarixi” hujjatli film premerasi bo‘lib o‘tdi. Unda aktyorlar Ben Afflek va Jennifer Lopes shaxsiy hayoti haqida so‘z bordi. Gollivud juftligi nima sababdan 2003 yilda to‘yga uch kun qolganda ajrashib ketgani haqida aytib berdi. Bu haqda Peopletalk nashri xabar berdi.

Foto: Peopletalk
Ben bilan to‘yga uch kun qolganda bahslashib qoldik. To‘yimiz katta va hashamatli bo‘lishi rejalashtirilgan edi. Biroq to‘y marosimi deyarli 20 yilga “ortga surilgan ekan”. Tayyorgarliklar, atrofdagilarning bosimi va shaxsiy hayotimizga ortiqcha e’tiborlar ko‘paygani ajrashishimizga sabab bo‘ldi”, — dedi Jennifer.

Foto: Peopletalk
Aktrisa bu davrni boshidan o‘tkazish og‘ir kechganini tan oldi:
20 yil vaqt men uchun qiyin davr bo‘ldi, chunki o‘zimni nafaqat butun umrlik muhabbatim, balki eng yaqin do‘stimdan ayrilgandek his qildim. Bu haqda ko‘p yillar davomida sukut saqladim”, — deb qo‘shimcha qildi aktrisa.

Jennifer Lopes va Ben Afflek 2002 yilda
Foto: Elika

Ma’lumot uchun, Ben Afflek va Jennifer Lopes 2001 yilda tanishgan va uchrashuvdan ko‘p o‘tmay aktyor Lopesga turmush qurishni taklif qilgan. To‘y 2003 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi, ammo marosimga bir necha kun qolganda to‘y bekor qilindi. Oradan roppa-rosa 20 yil o‘tgach, ular munosabatlarini tikladi va bir necha oydan so‘ng yashirincha nikoh qurdi.​

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 20 yilga kechikkan baxt: Jennifer Lopes va Ben Afflek nima uchun ajrashib ketgan edi?