date

Shohruhxonning Instagram`dagi shov-shuv bo‘lgan suratiga izoh berildi

Shohruhxonning Instagram`dagi shov-shuv bo‘lgan suratiga izoh berildi

Xonanda Shohruhxon o‘zining Instagram`dagi sahifasiga joylagan surati keng muhokamalarga sabab bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur xabar saytga joylanganidan so‘ng, o‘zini xonandaning ma’muri deb tanishtirgan Sirojiddin Jo‘raev qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatga oydinlik kiritdi, deyiladi "Darakchi" nashrida.

Uning aytishicha, Shohruhxon sahifasiga joylagan, o‘rtasidan bo‘lingan yurak tasviri uning yangi qo‘shig‘i piari ekan.

Ma’murning so‘zlariga ko‘ra, Asal Shodievaning sahifasidan birga tushgan suratlari o‘chirilishiga esa muxlislarning turli ma’nodagi izohlari sabab bo‘lgan ekan.

Sirojiddin Jo‘raevning ta’kidlashicha, Shohruhxon va Asal hozirda shaxsiy hayotda ham, ijodda ham birga. Shohruhxonning yangi klipida ham rafiqasi Asal suratga tushmoqda.

Biroq Shohruhxon ham o‘z sahifasidan Asal bilan to‘ydan keyin tushgan suratlarini o‘chirib tashladi.

Shohruhxon avvaliga qoq o‘rtasidan bo‘lingan suratni yigit va qiz ikki tomonga ko‘tarib ketayotgani aks etgan suratni joylab, muxlislar o‘rtasida turli mish-mishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Keyinroq esa uni o‘chirib tashladi, ammo uning o‘rniga mish-mishlarni “olovlantirgan” boshqa bir surat joyladi. Unda rus shoiri M.Lermontovning "Men butun dunyoni sevishga tayyor edim, meni hech kim tushunmadi va men nafratlanishga o‘rgandim" degan so‘zlari keltirilgan edi. Oradan bir muddat vaqt o‘tgach, xonandaning sahifasidan bu surat ham yo‘qolib qoldi.

Agar ma’mur aytganidek, bu xatti-harakatlar piar bo‘lsa, nima sababdan suratlar o‘chirib tashlandi? Bu tushunarsiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shohruhxonning Instagram`dagi shov-shuv bo‘lgan suratiga izoh berildi