© Madaniyat vazirligi
13 aprel kuni O‘zbekiston amaliy san’at muzeyida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Qatar Madaniyat vazirligi mas’ullari, shuningdek bir guruh qatarlik o‘quvchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
© Madaniyat vazirligi
Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi madaniy hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
“Bunday amaliyot madaniyat vaziri lavozimi faoliyatimda birinchi marotaba bo‘layapti, ya’ni Qatardan bolalar tashrif buyurishdi O‘zbekistonga. Eng avvalo, Qatar Davlatining O‘zbekistonga bo‘lgan munosabati bu. Biz o‘zimiz yaxshi ko‘rgan, o‘zimiz qadrli deb hurmat qilgan xalqqa farzandlarimizni ishonib topshirishimiz mumkin. Bugun ana shunday voqeani guvohi bo‘layapmiz”, - dedi O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.
© Madaniyat vazirligi
Qatar Madaniyat vazirligining bir guruh mas’ullari hamda qatarlik o‘quvchilarning O‘zbekistondagi tarixiy-madaniy meros obyektlariga tashrifi 19 aprelga qadar davom etadi.
Qatar delegatsiyasining Toshkent shahrining Hazrati Imom majmuasi, Baroqxon madrasasi, Xo‘ja Ahror valiy masjidi, Ko‘kaldosh madrasasi, Chorsu bozori, “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi, O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi, Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasi, Toshkent teleminorasi, Toshkent hayvonot bog‘i, “Tashkent city mall” savdo markazi, “Magic city” ko‘ngilochar markazi, “Milliy bog‘” hamda Samarqand shahrining diqqatga sazovor nuqtalariga borishi rejalashtirilgan.
© Madaniyat vazirligi
O‘zbekiston prezidentning 2023 yilning 1−2 oktyabr kunlari Qatarga davlat tashrifi doirasida Qatar bilan madaniyat, turizm, san’at va hunarmandchilik sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etilgan edi. Shunga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qatar Davlati Hukumati o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlik memorandum”i imzolangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi