22:22 / 15.04.2024
156

Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar

Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar
Iqtidorli inson o‘z mahoratini har sohada ishga solishi mumkin. Qo‘shiqchilikdan aktyorlik san’atiga o‘tgan yulduzlar buni tasdiqlaydi. Ular ikkala yo‘nalishda professional darajada ijod etgan va hatto san’atlari uchun turli mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Quyida ana shunday serqirra ijodkorlar haqida so‘z boradi.

Eminem

Foto: Shutterstock
Asl ismi Marshall Bryus Meters III bo‘lgan amerikalik reper karyerasi davomida bir marta o‘zini aktyor sifatida sinab ko‘rdi. 2000 yilda uning ijrosidagi “Sakkizinchi milya” filmi ekranlarga chiqdi. Eminemning film uchun kuylagan Lose yourself qo‘shig‘i “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Rianna

Foto: Pinterest
Jahonga mashhur xonanda Rianna “Oushenning 8 dugonasi”, “Dengiz jangi”, “Qiyomat 2013: Gollivudcha apokalipsis” kabi filmlarda yorqin obrazlarni ijro etgan. Hozirda xonanda san’atdan ko‘ra asosan o‘zining kosmetika va kiyim-kechaklar brendi rivojiga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.

Uill Smitt

Gollivud yulduzi Uill Smitt ko‘pgina muxlislari uchun mahoratli aktyor sifatida tanilgan. Katta ekranlarda chiqishdan avval u DJ Jazzy Jeff bilan birga musiqa sanoatida ish olib borgan.

Jennifer Hadson

Foto: Mavink
Qo‘shma Shtatlardagi eng yaxshi havaskor qo‘shiqchilar shousi — American Idol-2004 mavsumida finalgacha yetib kelgan Jennifer Hadson mahoratli qo‘shiqchiga aylangan. So‘ng xonanda kino sanoatida ham faol mehnat qilgani uchun “Emmi”, “Gremmi”, “Oskar” kabi mukofotlar olgan. Uning “Orzudagi qizlar” nomli debyut filmining o‘zi aktrisaga 29 ta mukofot keltirgan.

Jastin Timberleyk

Yosh bo‘lishiga qaramay o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rgan amerikalik yulduz Jastin Timberleyk xonanda, qo‘shiqlar muallifi, aktyor, prodyuser, raqqos va kompozitor sifatida tanilgan. “Ijtimoiy tarmoq” filmidagi ijrosi Jastinga katta muvaffaqiyat olib kelgan.

Beyonse

Foto: Mavink
Xonanda va musiqiy prodyuser Beyonse “Orzudagi qiz”, “Ostin Pauvers” va “Pushti pantera” kabi filmlarda suratga tushgan.

Ledi Gaga

Faoliyatini pab va klublardagi chiqishlar bilan boshlagan Ledi Gaga bugungi kunda muvaffaqiyatli biznesga ham ega. Uning loyihalariga parfyum, restoran, komikslar do‘koni va smartfon ilovalarida mavjud bo‘lgan Little Monsters ijtimoiy tarmog‘i kiradi.

Xonanda “Amerikadagi dahshatli hikoyalar: Mehmonxona”, “Yulduzning tug‘ilishi”, “Joker” kabi filmlarda suratga tushgan.

Sher

1960 yillardan beri qo‘shiqlari musiqiy chartlarda birinchi o‘rinni egallagan mashhur xonanda Sher kino sanoatida ham o‘z mahoratini ko‘rsata olgan. Pop musiqa ma’budasi “Oyga maftun” (Moonstruck) va “Burlesk” filmlarida suratga tushgan.

Madonna

Foto: Shutterstock
Madonnaning kino karyerasini muvaffaqiyatli deb atash mushkul bo‘lsa-da, “Evita” va “Ularga tegishli liga” kabilar tanqidchilar tomonida ijobiy baholangan. Darhaqiqat, Madonna rejissyorlik sohasiga ham qo‘l urgan: u qirol Eduard VIII va Uollis Simpson haqida “Biz sevgiga ishonamiz” filmini suratga olgan va asar eng yaxshi musiqa nominatsiyasida “Oltin globus”ga sazovor bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar