360
Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi
18 aprel kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon farmoni bilan Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun o‘zbekistonlik san’atkorlar taqdirlandi.
Jumladan, O‘zbekiston milliy musiqa san’ati instituti «Maqom xonandaligi» kafedrasi professori Munojatxon Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi «Lazgi» ashula va raqs ansambli badiiy rahbari Og‘abek Sobirov va xonanda Yulduz Usmonovaga «Tojikiston xalq hofizi» faxriy unvoni berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy akademik drama teatri direktori Yodgor Sa’diyevga «Tojikiston xalq artisti» faxriy unvoni topshirildi.
Dushanbe shahridagi Millat saroyida o‘zbekistonlik san’atkorlarga mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Tojikistonning madaniyat va san’at xodimlari ham taqdirlandi.
Jumladan, Tojikiston milliy konservatoriyasi rektori Mirali Do‘stizoda, Tojikiston milliy konservatoriyasi dots.nti Ismoil Nazriyev, Tojikiston Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qo‘mitasining «Shoshmaqom» ansambli rahbari Furqat Saidzoda, Bobojon G‘afurov tumani shoshmaqom ansambli rahbari To‘lqin Tojiboyev, Tojikiston davlat filarmoniyasi «Falak» ansambli badiiy rahbari Rahmatullo Hoshimov «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi