Turk seriallari aktrisasi va model Melisa Asli Pamuk fransuz futbol jamoasi o‘yinchisi Yusuf Yazichidan 2023 yil sentyabr oyida turmush qurish taklifini olgan edi.
Foto: Milliyet
Endilikda “Sevgi iztirobi” yulduzi Yusuf Yazichiga turmushga chiqqani ma’lum bo‘ldi. Sabah nashri xabar berishicha, mashhurlar to‘y marosimini yashirincha o‘tkazgan. Ularning oila qurgani Melisa Asli Pamuk ijtimoiy tarmoqlarda familiyasini o‘zgartirganidan keyin ma’lum bo‘ldi. Hozirda aktrisa Instagram tarmog‘ida Melisa Asli Yazichi sifatida qayd etilgan.
Foto: Instagram
Melisa turmush qurishga rozi bo‘lishdan avval futbolchiga Istanbulga ko‘chib o‘tish shartini qo‘ydi. Aktrisa Fransiyaga ketishni istamadi. Yusuf fransuz futbol klubi bilan shartnomasini uzaytirmadi. Biroq unga Gollandiya va Angliya klublaridan takliflar kelib tushgan. Yulduzlar qanday murosaga kelishi hozircha noma’lum.
Foto: Haber3
33 yoshli Melisa Asli Pamuk turmush o‘rtog‘idan olti yosh katta. Er-xotin to‘y haqidagi xabarlarga hech qanday izoh bermadi. Turk yulduzi avvaldan shaxsiy hayotining barcha tafsilotlarini sir saqlashga harakat qilib kelgan.
Foto: Instagram “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”