14:44 / 17.08.2024
73

Burak O‘zchivit rossiyalik rejissyorning filmida suratga tushadi

Burak O‘zchivit rossiyalik rejissyorning filmida suratga tushadi
Foto: “Ngs.ru”
“Choliqushi”, “Hukmdor Usmon” kabi turk seriallari yulduzi Burak O‘zchivit ilk bor Rossiya kinochilari tomonidan suratga olinadigan filmda rol o‘ynaydi. Bu haqda Mash Telegram kanali xabariga asoslanib People Talk xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zchivit yosh aktyor Ruzil Minekayev bilan bir loyihada ishtirok etishga rozi bo‘lgan. Film yangi yil haqida bo‘lib, “Archalar-11” (“Yolki-11”) deb nomlanadi.

“Yigit so‘zi: Asfaltdagi qon” seriali yulduzi Ruzil Minekayev ishtirokidagi serial nafaqat maktab o‘quvchilarining, balki kattalarning ham sevimli filmiga aylandi. Unda aktyor xushbichim, sho‘x va bir oz bezori maktab o‘quvchisi rolini ajoyib tarzda ijro etgan.

Ma’lumot o‘rnida: Minikayev Ruzil Ramilevich 1999 yilda Tataristonda tug‘ilgan, san’at sohasiga kirib kelishdan avval Zamonaviy pesa maktabida ishlagan. 2020 yildan boshlab Minekayev filmlarda va televideniye loyihalarida ishtirok etgan. Hozirda u teatr va kino aktyori sifatida faoliyat olib bormoqda.

Foto: Wday
Ikki yulduz ishtirokidagi sahnalar Tataristonning Almetevs tumanida suratga olinadi. Film rejissyori Aleksandr Karpilovskiy bo‘lib, u o‘zining “Sivilizatsiyalashgan odamlar” filmi bilan mashhur bo‘lgan, Galina Strijevskaya (“Yigit so‘zi”) esa loyihaga prodyuserlik qiladi.

Qayd etilishicha, 24 avgust kuni Qozondagi mehmonxonalardan birida aktyor nomiga joy band qilingan. Turk aktyorining gonorar miqdori hozircha sir saqlanmoqda, ammo Mash manbasining ta’kidlashicha, aktyor suratga olishning bir kuni uchun 17 ming dollardan 34 ming dollargacha haq oladi.

Foto: Instagram
Burak O‘zchivitning o‘zi mart oyida Krasnodarda bo‘lib o‘tgan Butunjahon yoshlar festivaliga tashrif buyurgan va tadbirda rus yoshlari bilan birga film suratga olish g‘oyalarini ilgari surgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Burak O‘zchivit rossiyalik rejissyorning filmida suratga tushadi