14:43 / 26.08.2024
39

Sizni hayron qoldirishi aniq: so‘nggi yillarning eng badavlat aktyori kim?

Sizni hayron qoldirishi aniq: so‘nggi yillarning eng badavlat aktyori kim?
Foto: Kinoafisha.info
2024 yil jahon kino prokatida millionlab va hatto milliardlab dollar yig‘gan filmlarning premeralariga boy bo‘ldi. Bunday loyihalar esa, shubhasiz, ijodkorlar va aktyorlarga mo‘may daromad keltirdi.

Yaqinda premerasi bo‘lib o‘tgan filmlar jahon kassalarida yaxshi natijalar ko‘rsatgan bo‘lsa-da, bundan daromad olgan aktyorlarning maoshi rasman eng yuqori daromadga ega aktyorga tenglasha olmadi. Ajablanarlisi, yirik va uzoq kutilgan shov-shuvli filmlarning birortasida ushbu aktyor ishtirok etmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda jahon prokatida deyarli 6 milliard dollar ishlab topgan Samuel Jekson eng katta daromad ko‘rgan aktyor sifatida tan olingan. Jekson bu yil mashhur filmlarda suratga tushmagan bo‘lsa-da, oxirgi yillarda mo‘maygina boylik to‘pladi.

Foto: Kinoafisha.info
Aktyor so‘nggi marta ishlagan filmi “Garfild” animatsion komediyasi bo‘ldi. Vaqti-vaqti bilan u Kventin Tarantinoning filmlarida rol o‘ynadi.

Amerikalik aktyor va prodyuser Samuel Jekson “Oskar” va “Oltin globus” mukofotlari nomzodi, BAFTA mukofoti laureatidir. U Marvel olami filmlarida Nik Fyuri rolini ijro etgan. Uning ishtirokidagi filmlar butun dunyo bo‘ylab 30 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ to‘plagan.

Jekson 150 dan ortiq filmlarda suratga tushgan eng sermahsul aktyorlardan biridir. U “Yulduzlar jangi” franshizasi, “Temir odam”, “Qasoskorlar”, “O‘rgimchak odam: uydan olisda” va boshqa ko‘plab filmlardagi rollari orqali tanilgan.

Yilning eng badavlat aktyorlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni kichik Robert Dauni egalladi.

Foto: Kinoafisha.info
Bu yil aktyor Kristofer Nolanning “Oppengeymer” dramasi bilan katta kinoga qaytdi va undan oldin Toni Stark obraz tufayli millionlab daromadga ega bo‘ldi.

Kuchli uchlikni aktyor Kris Pratt yakunlaydi. U Marvel olami filmlari hamda “Yura davri dunyosi” franshizasining muvaffaqiyati tufayli moliyaviy barqarorlikka erishdi.

Foto: Kinoafisha.info

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sizni hayron qoldirishi aniq: so‘nggi yillarning eng badavlat aktyori kim?