Hatto eng yaxshi aktyorlar ham suratga olish ishlari uzoq vaqt davom etishi yoki rejissyorlar bilan kelishmovchiliklari tufayli salbiy jihatlarini namoyon qilib turadi. To‘g‘ri, hech bir inson ideal emas, har bir aktyorning xeyterlari doim bo‘lgan. Balki ular qora piarni ko‘zlab, o‘zlari haqida salbiy mish-mishlarni tarqatar?
Foto: Europa plus
Jeyson Momoa
Foto: Europa plus
2025 yilda premerasi kutilayotgan “Minecraft” filmi ustida ishlash oson bo‘lmayapti, chog‘i. Loyihada Valkyrae taxallusi ostidagi YouTube blogeri ham rol o‘ynamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, aktyor Jeyson Momoa suratga olish maydonida o‘zini o‘ta qo‘pol va jahldor tarzda tutgan:
“Men ko‘rgan manzara dahshatli edi. Ehtimol, o‘sha vaqt u hali ham obrazidan chiqmagandir, ammo Jeysonning ba’zi hamkasblar va xizmatchilarga bo‘lgan salbiy munosabati meni hayratda qoldirdi”, deydi bloger.
Foto: Europa plus
Uning so‘zlariga ko‘ra, aktyor doim jamoaga agressiv murojaat qilgan va ularni suratga olishga tayyor emaslikda ayblagan. Ammo muxlislar bunga ishonmadi. Ularning ko‘pchiligi ijtimoiy tarmoqlarda sevimli aktyorini himoya qilishdi.
Dueyn Jonson
Foto: The Hollywood Reporter
U ko‘rinishidan mehribon va samimiy tabassumli shaxs sifatida tanilgan bo‘lsa-da, Dueyn “Qizil” filmi syomka jarayonlariga doimiy kechikib kelishi oqibatida loyiha katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lgan. Film premerasi 2023 yilda Rojdestvo arafasida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq aktyorlar ish tashlashi sababli premera 2024 yil noyabriga ko‘chirildi, degan xabarlar tarqaldi. Aslida esa hammasi Jonson tufayli sodir bo‘ldi: u suratga olish maydoniga 7-8 soatga kechikib kelar va ogohlantirishsiz ish kunlarini o‘tkazib yuborar edi. Natijada “Qizil” filmi xarajatlari 200 million dollardan 250 million dollarga oshib ketgan.
Timoti Shalame
Foto: Europa plus
Filmda bosh rol o‘ynash va bir vaqtning o‘zida uning prodyuseri bo‘lish juda katta mas’uliyatdir. Aftidan, aktyor Bob Dilan haqidagi “Mutlaqo notanish” biografik filmini suratga olish oqibatida ruhan qattiq charchagan. Insayderlarning aytishicha, u xodimlariga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan va qo‘lida telefonni ko‘rib qolgan ayol bilan janjallashib qolgan.
Jeyk Jillenxol
Foto: Europa plus
O‘zining qaysar xatti-harakati tufayli aktyor “Quvg‘indagilar oroli” filmida suratga tushmadi va loyiha mualliflari bilan shartnomani qo‘ldan boy bergan. Chunki Jillenxol ssenariyni qayta yozishga urinar va rejissyor bilan doimiy janjallashar edi. Shuningdek, u jamoa a’zolaridan kasallik yuqtirishdan qo‘rqib, barcha ishchilar o‘z mashinalarida uxlashini talab qilgan, film esa COVID-19 pandemiyasi davrida suratga olingan.
Xoakin Feniks
Foto: Europa plus
“Joker” filmini suratga olish vaqtida Xoakin Feniks grimyorlar jamoasi bilan doim kelishmagan. Insayderlar ma’lumotlariga ko‘ra, aktyor pardozchilarni doim kuttirar va ish jarayonida birdan o‘rnidan turib, kiyinish xonasidan chiqib ketar edi. Shu sababli grimyorlardan biri hatto ishdan ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi