Turkiyadagi radio va televideniye mutasaddilari mashhur ikki serial yuzasidan rasmiy tekshiruv ishlarini boshladi.
Birinchi serial — “Alvon g‘unchalar”
Foto: IMDb
20-qism chiqqandan keyin serial aktyorlari shaxsiy xabarlarida serialni yopishga chaqiruvchi tahdidlar ola boshladi. Bu xabarlar Turkiyadagi turli diniy oqim vakillari tomonidan yozilgan, deb aytilmoqda. Serial yaratuvchilari bundan avval 9 million turk lirasi (260 ming AQSH dollari) jarima to‘lagan va namoyish ikki haftaga to‘xtatib qo‘yilgandi. Bu safar ham RTÜK kompaniyasi serialni yopishga qaror qilishi mumkin. Bundan tashqari, aktyorlarga ochiq tahdidlar qilinishi birinchi holat emas.
Foto: “Thegirl.ru”
Ikkinchi serial — “Qizil sharbat”
Foto: “Thegirl.ru”
Ushbu serial ham avvalroq jarimaga tortilgan va bir necha hafta davomida efirdan olib tashlangan. Bunga qahramon Nursemaning nikoh kechasi bilan bog‘liq epizod sabab bo‘lgan va rejissyorlar 1,5 million turk lirasi (44 ming AQSH dollari) jarima to‘lashga majbur bo‘lgan.
Mazkur seriallar jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishda va milliy xavfsizlikni buzishda ayblanmoqda. Qolaversa, ba’zi tomoshabinlarga serialning syujeti yoqmagan, chunki unda ayollarga nisbatan kamsitish va zo‘ravonlik targ‘ib qilingan, deb hisoblashmoqda. Ammo bularning bari haqiqatga zid.
Foto: T24
Tergov qanday yakunlanishi, shuningdek, Turkiyadagi Radio va Televideniye Oliy kengashining aynan nima uchun mazkur loyihalarga qarshi ayblovlar qo‘ygani hozircha noma’lum. Serial muxlislari voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda va loyihalar senzura bilan kurashda omon qolishiga umid qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi