16:01 / 11.10.2024
9

Burak O‘zchivit suratga tushayotgan Rossiya filmida nima haqda hikoya qilinadi?

Burak O‘zchivit suratga tushayotgan Rossiya filmida nima haqda hikoya qilinadi?
Yangi yil bayrami mavzusiga bag‘ishlangan “Archalar” (6+) franshizasi o‘zining iliq hikoyalari bilan Rossiyaliklarning sevimli bayrami arafasida ko‘plab tomoshabinlar tomonidan ijobiy baholanib kelmoqda. Loyihaning 11-qismida ishtirok etadigan aktyorlar jamoasi joriy yilda efirga uzatiladigan “Archalar 11” filmi o‘zgacha chiqishiga ishora qilmoqda.

Foto: Instagram
Ayniqsa, “Muhtasham yuz yil”, “Choliqushi”, “Hukmdor Usmon” kabi turk seriallari yulduzi Burak O‘zchivit ilk bor Rossiya kinochilari tomonidan suratga olinadigan filmda rol o‘ynashi muxlislarda alohida qiziqish uyg‘otdi.

Film syujeti

“Archalar 11” filmidan lavha
Foto: Sevastopol media

“Archalar 11” filmidagi voqealar turli qissalar orqali yoritib boriladi. Syujet Rossiyaning har xil burchaklarida sodir bo‘lgan bir nechta voqealarga qaratilgan bo‘lib, qahramonlarining taqdiri kutilmagan tarzda bir-biriga bog‘lanadi. Bosh qahramonlardan biri Yura amaki (Dmitriy Nagiyev) qishlog‘ida qo‘riqchi bo‘lib ishlaydi va Kostya laqabli kichik cho‘chqa bilan yashaydi. Yura amaki Yangi yil bayramini yoqtirmaydi, lekin boshqa qahramonlar singari bayram arafasida muhim narsalarni anglab yetadi va bayramni yangi umidlar bilan kutib oladi.

Dmitriy Nagiyev. “Archalar 11” filmidan lavha
Foto: Sevastopol media

Burak O‘zchivit ishtirokidagi Novella

“Archalar 11” filmining eng kutilgan qismlaridan biri bu aktyor Burak O‘zchivit ishtirokidagi “Zolushka” qissasidir. Syujetga ko‘ra, bir qiz Yangi yil arafasida “Turkiyalik shahzoda” bilan uchrashishni chin dildan istaydi va uning orzusi kutilmagan tarzda amalga oshadi.

Suratga olish joyi

Burak O‘zchivit ishtirokidagi romanni suratga olish ishlari Tataristonning Almetevsk shahrida bo‘lib o‘tmoqda. “Archalar” franshizasi ustida ushbu shaharda ikkinchi marta ishlanmoqda. Qolgan hikoyalar Moskvada suratga olingan.


Burak O‘zchivit, Rossiya filmi, Archalar, Turkiyalik shahzoda, Zolushka

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Burak O‘zchivit suratga tushayotgan Rossiya filmida nima haqda hikoya qilinadi?
ePN