Hech kimga sir emaski, shou-biznes sanoati Janubiy Koreyani nafaqat turizm orqali oyoqqa turishiga, balki musiqa, kino, goʻzallik va boshqa sohalarga ham katta yordam berdi. Albatta, doramalar ham bundan mustasno emas, deb yozadi Daryo nashri.
“Parazitlar” va “Kalmar oʻyini”ning global yutuqlari
Soʻnggi yillarda Koreya madaniyatining ommalashishiga, xususan, ikki filmning global muvaffaqiyati katta ta'sir koʻrsatdi: “Oskar” mukofotiga sazovor boʻlgan “Parazitlar” filmi va mashhur “Kalmar oʻyin” seriali. Hatto K-pop va koreys taomlariga qiziqmaydiganlar ham ushbu filmlarni tomosha qildi.
“Parazitlar” filmidagi Chikago shahridan boʻlgan Jessika haqidagi she'r va “Kalmar oʻyini” serialidagi shaklli pechenelar — dalgona tayyorlash usuli ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqaldi. Bu filmlar qozongan mukofotlar va oʻrnatgan rekordlar haqida esa gap-soʻz ham boʻlishi mumkin emas.
“Kalmar oʻyini” bir oydan kamroq vaqt ichida 111 million marta tomosha qilingan va “Brijertonlar” filmini ortda qoldirgandi. Netflix hozirda deyarli har uchinchi doramaga homiylik qilayotgani ajablanarli emas.
Chet ellik tomoshabinlar Janubiy Koreyadagi ijtimoiy va siyosiy mavzudagi doramalarning yangi yoʻnalishini yuqori baholashmoqda
Taxminan 2010 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab efirda koʻproq ogʻriqli muammolar haqidagi dolzarb filmlar paydo boʻla boshladi. Ilgari xayoliy va fantastik hikoyalarga talab boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda butun dunyo boʻylab tomoshabinlar qahramonlarning hayotiy qiyinchiliklariga koʻproq e'tibor qaratishmoqda.
Doramalar sabab turli mamlakatlarda koreys taomlari va kosmetikasi ommalashdi
Atrofimizda koreys kosmetikasi va koreys taomlari koʻpayganini payqagandirsiz. Doramalar shu kabi mahsulotlar namoyishidan foydalanib tomoshabinlarni oʻziga jalb qiladi. Xususan bosh qahramonlarning koʻrkam qiyofasi e'tiborni tortadi va odamlarni aynan oʻsha aktyorlar kiygan brend kiyimlaridan tortib hatto lab boʻyogʻigacha taqlid qilishga undaydi.
Soʻju, chimek, tokpokki, chikin, pibimpap, mandu, samgyopsal, kimpap, sunde, kimchi va yana koʻplab boshqa taomlar soʻnggi yillarda turli mamlakatlarda aynan doramalardan soʻng paydo boʻldi. Ramyonning xilma-xilligi haqida gapirishning hojati ham yoʻq.
Barcha dorama qahramonlari ovqatlanishni yaxshi koʻrsalar-da, Koreyaning chet ellarda oshpazlik madaniyatining rivojlanishiga ayniqsa “Qirolicha Chorin” seriali sabab boʻldi.
Koreya koʻpchilik borishni orzu qiladigan manzilga aylandi va sayyohlik yoʻnalishi roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi
Shubhasiz, mamlakat mahalliy taomlarni tatib koʻrish, mashhur koreys kosmetikasini xarid qilish va kosmetologlarga tashrif buyurish uchun kelgan sayyohlardan eng koʻp naf koʻradi. Umuman olganda, bu sayyohlar oʻz pullarini sarflashga, koʻplab iliq sharhlar qoldirishga va boshqalarni ham bu erga kelishga undashga maksimal darajada intilishadi.
Koʻrib turganingizdek, doramalar kundalik hayotdan chalgʻitadigan shunchaki teleseriallar emas. Ular Koreya pop madaniyati va turizmini rivojlantirish, koreys qadriyatlarini dunyoga yoyish uchun ajoyib vositaga aylandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing