O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova fevral oyida o‘tkazilishi kutilayotgan 20 kunlik konsert dasturi oldidan OAV xodimlariga intervyu berdi hamda ularni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi.
— Ertagami yoki bir yildan keyin men ham bu yerda bo‘lmay qolishim mumkin. Bu hayot, Inna lillahi va inna ilayhi rojiun. Undan keldik, unga ketamiz. Eng xursand bo‘ladigan joyini aytaymi, Halima o‘tgani bilan o‘rni bor. Inson bo‘lib kim nima qoldirdi? Har kim har narsa dedi, lekin hamma Halimani xotirlayapti. Kecha ustidan yozganlar bugun mehribonchilik qilib o‘tiribdi. Shuning uchun insonga tirikligida mehribonchilik qilish kerak, o‘lganidan keyin unga hech narsa kerak emas. Mendan so‘rasangiz, u men uchun o‘lmagan. Mana Obid o‘rtog‘im (qiziqchi Obid Asomov) o‘tib ketdi. Vaqti-soati kelib men ham tark etaman dunyoni, lekin Allohning yoniga qanday borishim haqida o‘ylayman. Men marhum do‘stlarimning ortidan duo qilmasam, qanday do‘st bo‘ldim?
“Halima o‘lganidan keyin to‘yga bordim”
Foto: Instagram
— Mening birovdan uyaladigan, tortinadigan joyim yo‘q. Borim shu. Ha, men Halima o‘tganidan keyin ham, akam o‘lganida ham to‘yga bordim. Chunki odamlar menga ishonib dasturxon yozib qo‘ygan, mehmon chaqirib qo‘ygan. Xizmat qilish mening vazifam. Men shuni bo‘ynimga olib, shu kasbni tanlaganman. Men sizlar aytgandek charchadim, deyolmayman. Mazam yo‘q, deyolmayman, agar o‘lmayotgan bo‘lsam yurib chiqamiz. Biz eski maktabning san’atkorlarimiz. Shuning uchun har kim har narsani gapiravermasin.
Yulduz Usmonova bilan intervyu hamda konsertga tayyorgarlik jarayonini quyida to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar