Xitoylik mashhur aktyor Jeki Chan 12 noyabrda Los-Anjelesdagi tantanali marosimda faxriy "Oskar" bilan taqdirlanadi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, "Oskar" mukofoti komissiyasi aktyorni kinematograf rivojlanishiga qo‘shgan ulkan xizmatlari uchun taqdirlashga qaror qildi.
Aktyor 100 dan ko‘proq filmlarda suratga tushgan, ulardan ko‘pida ham rejissyor, ham prodyuser, ham ssenariynavis va qo‘shiqchi sifatida ishtirok etgan.
Kinematografdagi ulkan xizmatlari uchun "Oskar" mukofoti 1948 yilda joriy qilingan.
Avvalroq Chan Moskvaga tashrif buyurib, Xitoy kinosi festivali ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu festivalda boshqa filmlar qatorida Chan bosh rol ijro etgan va rejissyorlik qilgan "Iz ortidan" filmi taqdim qilingan. Rossiya telekanallaridan biri tashrif chog‘ida Changa bir quti muzqaymoq sovg‘a qilgan. Chan bunga javoban hech qanday parhezlarga amal qilmasligini va o‘zini bu shirinlik bilan tez-tez xursand qilib turishini tan olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi!