16:38 / 17.03.2025
459

Abhishek Bachchan otasi bilan o‘zbek filmida suratga tushish istagi borligini aytdi

Abhishek Bachchan otasi bilan o‘zbek filmida suratga tushish istagi borligini aytdi
Hind kinosi yulduzi Abhishek Bachchan 13 mart kuni “Hind kinosi kunlari” doirasida Toshkentga keldi. O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida bo‘lib o‘tgan hind filmlari premerasida Abhishek Bachchan “Assalomu alaykum, aziz do‘stlar” deya muxlislari bilan o‘zbek tilida salomlashdi va o‘zbek madaniyati haqida to‘lqinlanib gapirdi.

O‘zbek choponini egnidan yechmagan Abhishek “Sevgingiz va meni iliq kutib olganingiz uchun tashakkur! Bu diyor juda go‘zal, sizlar, barchangiz ham juda chiroylisiz. Men shu yerdaligimdan va Gumar filmimni sizlarga namoyish etayotganimdan mamnunman”, deya muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.

“Otamga yana bir marta bo‘lsa ham Toshkentga kelishimiz kerakligini aytdim”

Foto: Google Images
— Bu yilgi qaytishim juda nostalgik va hissiyotlarga boy lahza bo‘ldi. Men bu yerda bir necha yil oldin otam bilan “Toshkent” kinofestivaliga kelgan edim. O‘sha paytda men bilan buyuk janob Raj Kapur, janob Shammi Kapur, janob Shashi Kapur, otam, onam, singlim ham bor edi. Bugun ertalab ular bilan gaplashganimda odamlar ularni haligacha qanday samimiylik bilan eslashlarini aytdim. Men otamga yana bir marta bo‘lsa ham Toshkentga kelishimiz kerakligi, bu yerda bizga va Hindistonga bo‘lgan chin muhabbatni his qilishimiz mumkinligini aytdim, deydi aktyor.

Bachchanlar sulolasi vakili o‘zbek taomlarini iste’mol qilib ko‘rgani haqida gapirdi

— Toshkentga yetib kelgan kunim juda kech uxladim, shu sababli faqat palov yeyishga ulgurdim. Biz hindchada palovni “pualo” deb ataymiz, bu yerda “pilav” deyisharkan. Menga juda yoqdi, mazasiga gap yo‘q. Somsa ham ajoyib ekan, juda yoqdi.

Hind kinosi yulduzi o‘zbek filmlarida ham rol ijro etishni istashini aytdi

— Men o‘zbek filmlarini nafaqat o‘z xalqimga ulashishni, balki o‘zbek kinolarida suratga tushishni ham juda xohlayman. Shunday imkoniyatga ega bo‘lishni istardim, deydi aktyor samimiyat bilan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat