
Xonanda Munisa Rizaeva “Sensiz” deb nomlangan yangi qo‘shig‘iga rejissyor Sanjar Matkarimov va klipmeyker Yodgor Nosirov bilan hamkorlikda suratga olmoqda. Klipdagi bosh qahramon obrazini aktyor Yigitali Mamajonov ijro etdi.
“Sayyod.com” klip suratga olish jarayonidan reportaj taqdim etdi.
“Bu yil hayotimda turli xil noxush holatlar bo‘ldi. Hayotimda og‘ir ayriliqni boshdan kechirdim. Yangi qo‘shig‘im men o‘sha paytda his etgan tuyg‘ular va mening ruhiy holatim haqida. Albatta bularning barchasi allaqachon o‘tmishda qoldi... Qo‘shiq ‘Sensiz’ deb nomlanadi. Qo‘shiq muallifi ko‘pchilikka manzur bo‘lgan ‘Qaylarda’ qo‘shig‘ini yozgan Dilnoza Mirzoxo‘jaeva. U qalbimning torlarini juda yaxshi his eta oldi”,—deydi Munisa Rizaeva.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar