date
views 17 217

Asal oyidan qaytgan Farhod Alimov farzandlari bilan ko‘rishdi

Asal oyidan qaytgan Farhod Alimov farzandlari bilan ko‘rishdi

Rayhon va Farhod Alimovlar 5 noyabr kuni poytaxtdagi “Atlanta” restoranida nikohlari munosabati bilan osh berib, 13 noyabr kuni asal oyini o‘tkazish uchun Dubay shahriga jo‘nab ketgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Bir necha kun avval Dubaydan qaytgan Farhod Alimov farzandlarini sog‘inib, ularning huzuriga oshiqdi, deya yozmoqda Darakchi nashri.

Farhod Alimov farzandlari bilan tushgan suratni Instagramdagi sahifasiga joylab, ularni juda sog‘ingani hamda Toshkent bo‘ylab sayr qilishganini aytib, xeshteglar qoldirgan.

Farhod Dubayda tushgan suratlari ostiga ham farzandlarini sog‘inganligi haqida xeshteglar qo‘ygan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Asal oyidan qaytgan Farhod Alimov farzandlari bilan ko‘rishdi