Jorjina Ronalduning farzandlari haqida keskin qaror qabul qilmoqda

Jorjina Ronalduning farzandlari haqida keskin qaror qabul qilmoqda

Futbol olamining mashhur yulduzi Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges turmush qurganiga hali bir haftadan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, juftlik oilasi bilan bog‘liq muhim yangiliklarni muhokama qilmoqda. Xususan, Jorjina Ronalduning farzandlari bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Portugaliya matbuotida tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rodriges Ronalduning uch nafar farzandini rasmiy ravishda farzandlikka olish va ularning onasi sifatida tan olinish jarayonini boshlagan. Xabarlarda ushbu jarayon «maxfiy farzandlikka olish» deb atalmoqda. Qayd etilishicha, juftlik zarur hujjatlarni jamoatchilik e’tiboridan chetda rasmiylashtirmoqda.

Jorjina Rodriges 2016 yildan buyon Ronaldu bilan birga. Shu vaqt davomida u futbolchining farzandlari hayotida ham faol ishtirok etib kelgan. Ronaldu avvalroq Jorjina farzandlariga o‘z bolalaridek munosabatda bo‘lishini aytgan. Bu esa oila a’zolari o‘rtasida yaqin va iliq munosabatlar shakllanishiga sabab bo‘lgan.

Jorjina yillar davomida Ronalduning farzandlari bilan turli tadbirlar, futbol uchrashuvlari va oilaviy sayohatlarda birga ko‘rinib kelgan. Jumladan, ularning Disneylenddagi dam olishlaridan tushgan suratlar ham ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.

Ronaldu va Jorjina munosabatlari boshlanishidan avval futbolchining to‘ng‘ich farzandi Krishtianu Ronaldu Junior 2010 yilda dunyoga kelgan. Keyinchalik 2017 yil iyun oyida futbolchining egizak farzandlari — Yeva Mariya va Mateo tug‘ilgan.

O‘sha yili Jorjina Ronaldu bilan munosabatlaridan ilk bor biologik ona bo‘lib, qizlari Alana Martina dunyoga kelgan. 2022 yilda esa oila yana bir farzand — Bella Esmeralda tug‘ilishi bilan kengaygan.

Shu tariqa, Jorjina yillar davomida Ronalduning barcha farzandlari bilan yaqin munosabat o‘rnatib kelgan. Ayni paytda esa portugal matbuoti uning Ronalduning uch nafar farzandini rasmiy ravishda farzandlikka olish jarayoni haqida xabar bermoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar