Toshkent bozoridagi qovundan xavfli modda aniqlandi

1 daqiqa o'qish94
Toshkent bozoridagi qovundan xavfli modda aniqlandi

Toshkent shahridagi “Farhod” dehqon bozorida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida tarkibida nitrat miqdori me’yordan yuqori bo‘lgan qovun mahsuloti aniqlandi. Bu haqda Sanepidqo‘mitaning poytaxt boshqarmasi ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, Uchtepa tumani sanitariya-epidemiologiya bo‘limi mutaxassislari Veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda bozor hududida kunlik monitoring ishlarini amalga oshirgan.

Tekshiruv jarayonida savdoga chiqarilgan poliz mahsulotlaridan namunalar olinib, maxsus laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilgan. Natijada 21 kilogramm qovun tarkibida nitrat miqdori belgilangan gigiyenik talablardan yuqori ekani ma’lum bo‘lgan.

Mas’ullar ta’kidlashicha, mazkur mahsulot iste’molchilar salomatligi uchun ehtimoliy xavf tug‘dirishi mumkinligi sababli uning sotuvga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmagan. Qonunchilik talablariga muvofiq mahsulot brakeraj qilinib, tegishli choralar ko‘rilgan.

Shu bilan birga, bozorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va sotuvchilar o‘rtasida oziq-ovqat xavfsizligi, mahsulot sifati va sanitariya talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari ham o‘tkazilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?