
Botir Qodirov mualliflik huquqini buzganlik uchun shoir Shamsiddin Sadoiyga jami 132 million so‘m miqdorida kompensatsiya va ma’naviy zarar to‘laydi, deb Adliya vazirligining Intellektual mulkni himoya qilish departamenti xabar berdi, deb Nova24.uz yozdi.
2025 yil iyun oyida shoir Shamsiddin Turaev Uchtepa tumanlararo fuqarolik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, mualliflik huquqi buzilishini to‘xtatish, moddiy va ma’naviy zararlarni undirishni talab qilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, javobgardan da’vogar foydasiga:
. 112,5 million so‘m (300 BHM) kompensatsiya
. 20 million so‘m ma’naviy zarar
undiriladi.
Shuningdek, Botir Qodirovga Shamsiddin Turaev muallifi bo‘lgan “Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla do‘stim” qo‘shiqlarini ijro etish va tarqatishni to‘xtatish — ya’ni efirda, ijtimoiy tarmoqlarda, davlat va nodavlat telekanallarda, radiolarda va boshqa shakllarda — majburiy topshiriq sifatida yuklandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar