date

Galkinning konsertlari Germaniyada norozilik keltirib chiqardi

Galkinning konsertlari Germaniyada norozilik keltirib chiqardi
Maksim Galkinning Germaniyadagi konsert gastrollari e'lon qilinishi ortidan mahalliy aholida norozilik kayfiyati yuzaga keldi, deb Upl.uz xabar berdi.

Ko‘pchilik tomoshabinlarning fikricha, uning dasturi asosan rus tilida so‘zlashuvchi muhojirlar va ukrainalik qochqinlarga mo‘ljallangan. Ijtimoiy tarmoqlarda "Sening po‘ying ketgan, nega bu yerga qaytding?" kabi izohlar tarqalmoqda.

Ba’zi nemis foydalanuvchilar hozirda mamlakat ichki muammolar bilan to‘qnashayotgan bir paytda, bunday konsertlar noo‘rin deb hisoblamoqda.

Eng ko‘p tanqid qilingan jihat – konsert chiptalari davlat tomonidan qochqinlarga ajratiladigan yordam hisobidan olinayotgani, bu esa soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha yuk bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Galkinning nemis jamiyatida "assimilyatsiya" qilishga urinishi ham tanqid ostiga olingan.

Foydalanuvchilarning aytishicha, tilni bilish uning "bizdan" ekanligini anglatmaydi.

Maksim Galkin 2022 yil fevral oyida Rossiyani tark etgan va shundan buyon xorijda faol gastrollar olib bormoqda. Uning chiqishlarida ko‘pincha Rossiya siyosatiga oid mavzular ko‘tariladi, biroq huquqiy muammolardan qochish uchun konsertlarda video yozuv qat’iyan man etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Galkinning konsertlari Germaniyada norozilik keltirib chiqardi