
Gollivudning yorqin yulduzi, "Eyforiya" seriali orqali tomoshabinlar qalbini zabt etgan aktrisa Sidni Suini "Barbi" filmining davomiy qismida ishtirok etishga qarshi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda Pravilamag.ru xabar berdi.
Jurnalistning "Agar sizga Greta Gervigning “Barbi” sikvelida rol taklif qilinsa, qanday javob bergan bo‘lardingiz?" degan savoliga Suini shunday javob berdi:
"Men ssenariyni o‘qishim kerak. Ammo men qarshi emasman".
Aktrisaning aytishicha, u davomiy qismda ishtirok etishni asosan bir sabab — Margo Robbiga bo‘lgan hurmat va xayrixohlik tufayli xohlagan bo‘lar edi.
"Men Margo Robbining katta, juda katta muxlisiman", — dedi Suini.
2023 yili ekranlarga chiqqan "Barbi" filmi Greta Gervig rejissyorligidagi mashhur kinoloyihalardan biri bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab milliard dollarlik kassa jamg‘argan edi. Unda Margo Robbi bosh rolni ijro etgan va uning aktyorlik mahorati nafaqat tomoshabinlar, balki kasbdoshlari — jumladan, Suini kabi yosh yulduzlar tomonidan ham yuksak baholangan.
Warner Bros. studiyasi rahbari Pem Abdi avvalroq "Barbi" filmining sikvelini suratga olish istagini bildirgan. Greta Gervig esa, agar mazmunli va qiziqarli ssenariy paydo bo‘lsa, "Barbi 2" ustida ishlashga tayyor ekanini aytgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar