Marvel studiyasi tomonidan yaratilgan yangi film — «Fantastik to‘rtlik: Ilk qadamlar» — birinchi namoyish kunlarida 24,4 million dollar (taqriban 1,9 trillion so‘m) daromad ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi va shunday qilib «Supermen» filmini ortda qoldirdi. Bu haqda Peopletalk nashri xabar berdi.
Ayni paytdagi ushbu ko‘rsatkich bilan «Fantastik to‘rtlik» oy boshida 22,5 million dollar (taxminan 1,7 trillion so‘m) yig‘gan «Supermen» filmidan yuqori natija qayd etdi. Mutaxassislarning bashoratiga ko‘ra, yangi blokbaster faqatgina ushbu haftaning o‘zida AQSH va Kanadada 100–110 million dollar (7–8 trillion so‘m) tushum keltirishi mumkin. Xalqaro prokatda esa ushbu raqam 90–100 million dollar (6–7 trillion so‘m) oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.
Film voqealari 1960 yillar Nyu-Yorkining retrofuturistik muhitida bo‘lib o‘tadi. Asar asosiy e’tiborni mashhur superqahramon Rid Richards — Mister Fantastik (rolni Pedro Paskal ijro etgan) rahbarligidagi jamoaning kelib chiqishiga qaratadi. Rejissyorlikni Mett Shekman amalga oshirgan. Filmda Vanessa Kirbi, Jozef Kuinn va Ebon Moss-Bakrak kabi aktyorlar asosiy rollarda ishtirok etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!