Jahon kinosida yangi sensatsiya – Jeyms Kemeronning mashhur “Avatar” franshizasining uchinchi qismi treyleri namoyish qilindi. Yangi film “Avatar: Olov va kul” (“Avatar: The Seed Bearer” sifatida ham tanilgan) deb nomlangan va “Suv yo‘li” filmida boshlangan Salli oilasi tarixi davom etadi, deb ma’lum qildi Peopletalk.
Kadrlardan ma’lum bo‘lishicha, ushbu qismda tomoshabinlarni avvalgidan ham jiddiyroq drama kutadi. Asosiy nizo – Na'vi qavmining yangi taniqsiz bir qismi, Esh klan bilan bog‘liq. Ularning rahbari – qotib qolgan g‘oyalarga ega va murosaga kelmaydigan Varang obrazini mashhur aktrisa Una Chaplin ijro etadi. Rejissyorlar ta’kidlashicha, aynan shu obraz filmdagi bosh qahramonlar uchun katta tahdidga aylanadi.
Faqat tashqi dushmanlar emas – Salli oilasining ichida ham qarama-qarshiliklar tobora kuchayib bormoqda. Urush va yangi xavf-xatarlar fonida ular nafaqat omon qolish, balki oilaviy aloqalarni saqlab qolish uchun ham kurashishiga to‘g‘ri keladi. Treylerdan ko‘rinib turibdiki, Kemeron bu safar nafaqat vizual go‘zallik, balki hissiy chuqurlikka ham katta e’tibor qaratgan.
Filmda ilgari ham ishtirok etgan yulduzlar – Sem Uortington, Zoi Saldana, Sigurni Uiver, Keyt Uinslet, Devid Tyulis, Jemeyn Klement, Kliff Kertis va Stiven Leng yana ekranga chiqishadi. E’tiborli jihati – Kemeron Pandora olamini nafaqat saqlab qolmoqda, balki yangi qahramonlar va lokatsiyalar orqali uni yanada kengaytirmoqda.
Muxlislar treylerni ilk daqiqalardayoq bir necha marta ko‘rib, uni sekin sur’atda tahlil qilishga kirishishdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi faol muhokamalar shuni ko‘rsatmoqdaki, yangi qism ham ilgari bo‘lganidek katta shov-shuvlarga sabab bo‘ladi. Jeyms Kemeron esa film barcha rekordlarni yangilashini va’da qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar