
Superqahramonlar — bu shunchaki fantaziya mahsuli emas, balki jamiyat orzularining yuzaga chiqqan ifodasidir. Ular kinoekranda paydo bo‘lgan paytdanoq millionlab muxlislarning qalbini zabt etdi. Jahon kinosida yuzlab superqahramonlar haqida filmlar suratga olingan bo‘lsa-da, ular orasida tarixga muhr bo‘lib qolganlari bor. Quyida ana shunday filmlardan tuzilgan eng yaxshi ro‘yxat bilan tanishishingiz mumkin. Bu ro‘yxat nafaqat janrga hurmat ramzi, balki har bir asar ortida turgan ijodiy mahorat va kinomotografiya yutug‘ining e’tirofidir.
Eng yaxshi superqahramon filmlar ro‘yxati:
1. «Супермен» (1978) – zamonaviy superqahramon janrining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lgan film.
2. «Человек-паук 2» (2004) – Piter Parkerning ichki ziddiyatlari orqali insoniylik va mas’uliyatni yoritadi.
3. «Қоронғу рыцарь» (2008) — nafaqat superqahramon film, balki psixologik dramasi bilan ham ajralib turadi. Xit Ledjerning Jokeri esa kino tarixidagi eng ta’sirli va murakkab obrazlardan biri sifatida e’tirof etilgan.
4. «Мстители» (2012) – Marvel kinostudiyasi uchun yangi bosqichni boshlab bergan blokbaster.
5. «Суперсемейка» (2004) – oilaviy qadriyatlar va yumor uyg‘unligidagi multfilm.
6. «Черная пантера» (2018) – Afrika madaniyati va iftixorini namoyon qilgan inqilobiy film.
7. «Чудо-женщина» (2017) – ilk marta ayol qahramon yetakchi rolda namoyon bo‘lgan film.
8. «Неуязвимый» (2000) – realistik va so‘nib boruvchi superqahramonlik obrazi.
9. «Люди Икс 2» (2003) – ijtimoiy alohidalik va qabul qilinmaslik mavzusiga bag‘ishlangan.
10. «Бэтмен» (1989) – Tim Byortonning g‘aroyib stilidagi qarama-qarshi qahramonlar to‘qnashuvi.
11. «Человек-паук: Через вселенные» (2018) – vizual uslubi bilan boshqa multfilmlardan ajralib turuvchi film.
12. «Бэтмен» (2022) – nuar uslubidagi qora va sirli atmosferadagi yangi talqin.
13. «Логан» (2017) – superqahramonlikdan charchagan qahramonning dramatik hikoyasi.
15. «Первый мститель: Другая война» (2014) – siyosiy triller elementlarini qamrab olgan superqahramon film.
16. «Хеллбой: Герой из пекла» (2004) – g‘ayrioddiy qahramon va gotik atmosfera.
17. «Новый Камен Райдер» (2023)– yapon superqahramon janrining zamonaviy qayta talqini.
18. «Стражи Галактики. Часть 2» (2017) – yumor, muhabbat va oila mavzularini o‘zida mujassam etgan film.
19. «Мстители: Финал» (2019) – butun Marvel saga-sining dramatik va katarsisga olib boruvchi tugash nuqtasi.
20. «Супермен 2» (1980) – qahramonlik va shaxsiy hissiyotlar o‘rtasidagi to‘qnashuv.
21. «Xraniteli» (2009) – superqahramonlarning siyosiy va falsafiy jihatdan tahlili.
22. «Тор: Рагнарек» (2017) – komediya va epik fantastika uyg‘unligidagi film.
23. «Супер» (2010) – o‘zini superqahramon deb bilgan oddiy insonning dramasi.
24. «Шазам!» (2019) – bolalik, sehr va mas’uliyat o‘rtasidagi ajoyib uyg‘unlik.
25. «Громовержцы» (2025) – kutilgan va yaqinda namoyish etiladigan yangi superqahramon blokbasteri.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!