date

Shax Rukh Khan — Bollivud qiroli va millionlar qalbini zabt etgan yulduz

Shax Rukh Khan — Bollivud qiroli va millionlar qalbini zabt etgan yulduz

Shax Rukh Khan — Hindistonda va butun dunyoda “Bollivud qiroli” sifatida tanilgan mashhur aktyor. U 1965 yil 2 noyabrda Dehli shahrida tavallud topgan. Bolaligida otasi va onasini yoshligida yo‘qotganiga qaramay, hayotga qattiq intilgan va orzusidan qaytmagan.

Karyerasini televideniyedagi seriallardan boshlagan Shax Rukh Khan 1992 yildagi “Deewana” filmi orqali katta ekranda debyut qildi. Shundan so‘ng u “Dilwale Dulhania Le Jayenge”, “Kuch Kuch Hota Hai”, “Devdas”, “My Name is Khan”, “Chennai Express” kabi filmlar bilan nafaqat Hindistonda, balki O‘zbekistonda ham muxlislar qalbidan joy olgan.

Shax Rukh Khan nafaqat aktyor, balki muvaffaqiyatli tadbirkor hamdir — u “Red Chillies Entertainment” kinostudiyasi va IPL kriket jamoasi “Kolkata Knight Riders”ning egasi.

Qiziqarli faktlar:

  • Ismi fors tilidan “Podshoh yurak” deb tarjima qilinadi.

  • Jang sahnalarida ko‘pincha dublyorsiz ishlaydi, shu sababli bir necha bor operatsiya qilingan.

  • “Dilwale Dulhania Le Jayenge” filmi 1995 yildan beri Mumbaydagi “Maratha Mandir” kinoteatrda har hafta namoyish qilinadi.

  • Har yili tug‘ilgan kunida Mumbaydagi uyi “Mannat” oldida minglab muxlislarini qo‘l siltab kutib oladi. Ayrimlar hatto shu kuni maxsus Hindistonga yo‘l olishadi.

Oilasi haqida:

Shax Rukh Khan 1991 yilda bolalikdan sevgan qizi Gauri Chibberga uylangan. Ular uch nafar farzand tarbiyalamoqda:

1. Ariyan Xan — kinematografiya va biznes bilan qiziqadi.

2. Suxana Xan — aktrisa bo‘lish yo‘lida ilk qadamlarini qo‘ygan.

3. Abram Xan — oilasining erkasi va otasi bilan ko‘p tadbirlarda birga ko‘rinadi.

Gauri Xan interer dizayni sohasida mashhur biznesvumen va turli yulduzlar uylarini bezatgan mutaxassis.

Shax Rukh Khan o‘z mehnatsevarligi, karizmasi va oilaviy qadriyatlarga sadoqati bilan millionlab insonlarga ilhom manbai bo‘lmoqda.

Bugungi kunda ham u Bollivudning eng qimmat haq oladigan va eng sevimli yulduzlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shax Rukh Khan — Bollivud qiroli va millionlar qalbini zabt etgan yulduz