date

Bred Pitt uyini talon-toroj qilgan o‘g‘ri o‘smirlar qo‘lga olindi

Bred Pitt uyini talon-toroj qilgan o‘g‘ri o‘smirlar qo‘lga olindi

Los-Anjelesda Bred Pittning uyiga kirib, uni talon-toroj qilganlikda gumon qilingan to‘rt nafar yigit qo‘lga olindi. Ular nafaqat mashhur aktyorning saroyiga, balki boshqa san’atkorlar va sportchilarning uylariga ham hujum qilgani aytilmoqda, deb xabar berdi Pravilamag.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ushlanganlardan biri 16, biri 17 va yana ikki nafari 18 yoshda. Ulardan olingan ayrim buyumlar Gollivud yulduzlarining uylaridan o‘g‘irlangan ashyolar ekani aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘rilar uyga kirish jarayonida Wi-Fi signalini bloklovchi qurilmalardan foydalanib, kameralar va xavfsizlik tizimlarini ishdan chiqargan. Bu esa hujum haqida uy egalarini yoki politsiyani ogohlantirish imkoniyatini yo‘qqa chiqargan.

Rasmiylar hozircha barcha jabrlanuvchilar ismini oshkor qilmagan. Biroq, ular orasida Nikol Kidman va turmush o‘rtog‘i Keyt Urban, LA Dodgers jamoasining to‘p otuvchisi Yosinobu Yamamoto va “LA FK”ning sobiq hujumchisi Olive Jiru ham bo‘lishi mumkin.

Iyun oyi oxirida sodir bo‘lgan hujum paytida Pittning uyidan aniq nima o‘g‘irlangani hali ma’lum emas. Biroq uyning ayrim qismlari ham talon-toroj qilingani xabar qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bred Pitt uyini talon-toroj qilgan o‘g‘ri o‘smirlar qo‘lga olindi