Jay-Z boyligi 2,6 milliard dollarga yetdi

Jay-Z boyligi 2,6 milliard dollarga yetdi

Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, mashhur reper va tadbirkor Jay-Z hozirgi vaqtda dunyoning eng boy musiqachisi bo‘lib qolmoqda. Uning umumiy boyligi 2,6 milliard dollarga baholangan, deb yozmoqda Pravilamag.

Jay-Z 2019 yilda xip-xop olamida milliardlik sarvatga ega bo‘lgan ilk artist sifatida tarixga kirgan edi. Uning moliyaviy qiymati 2023 yilda keskin oshdi — 1,4 milliarddan 2,5 milliard dollargacha. Bu mablag‘ning katta qismi musiqadan emas, balki biznesdan kelgan. Xususan, u o‘zining Roc Nation leyblidan tashqari, konyak va shampan brendiga egalik qiladi, shuningdek, Uber kompaniyasida ham ulushi bor.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar