Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, musiqa sanoatidagi eng boy ayol hozirda amerikalik qo‘shiqchi va qator mukofotlar sohibi Teylor Svift hisoblanadi. Uning umumiy sarvati 1,6 milliard dollarga yetgani aytilmoqda.
Svift o‘z boyligining asosiy qismini bevosita musiqa orqali qo‘lga kiritgan. Xususan, u turli gastrollar va gonorarlardan taxminan 600 million dollar daromad olgan, qolgan katta ulush esa uning musiqa katalogining qiymati hisobiga to‘g‘ri keladi.
Teylor Svift bu unvonni avvaliga Riannadan olib qo‘ydi. Bir vaqtlar Barbadoslik yulduzning boyligi 1,77 milliard dollarga baholangan bo‘lsa, bugungi kunda uning sarvati taxminan 1,47 milliardga tushib ketgani aytiladi.
Shu bilan, Svift nafaqat zamonaviy musiqa sahnasida eng mashhur ijrochilardan biri sifatida, balki moliyaviy jihatdan ham musiqa sanoatida yetakchi xotin-qiz artist maqomini qo‘lga kiritdi.