“Do‘stlar” seriali orqali mashhurlikka erishgan 56 yoshli Jennifer Eniston nafaqat sportchi kabi sog‘lom va chiroyli qomat, balki doimo yosh va tetik ko‘rinishi bilan ham muxlislarini hayratga solib keladi. Aktrisa Glamour jurnaliga bergan intervyusida plastik jarrohlik haqidagi mish-mishlariga nuqta qo‘yib, go‘zallik sirlari haqida to‘xtaldi.
Gollivud yulduzlarining tashqi qiyofasi ko‘pincha keng muhokamalarga sabab bo‘ladi. So‘nggi yillarda internetda Jennifer Eniston jarrohlik amaliyotiga murojaat qilgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi. Biroq aktrisa bunday da’volarni qat’iy rad etib, yuzida hech qanday jarrohlik o‘zgartirishlar qilinmaganini, faqat kosmetologik muolajalardan foydalanganini ma’lum qildi.
Shu tariqa, Eniston o‘zining tabiiy go‘zalligini saqlash uchun sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri parvarish yetarli ekanini yana bir bor ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!