Axsikent arxeologiya parki hududida yana bir tarixiy topilma jamoatchilik e’tiborini tortdi. Yangi Axsi majmuasi fondi noyob buyumlar bilan boyidi. Bu safar xazinaga VIII asrga oid 68 ta qadimiy tanga va 27 ta qo‘lyozma kitob qo‘shildi.
Arxeopark rahbari Anvar Ikromning ta’kidlashicha, Abbosiylar hukmronligi davriga tegishli kumush tangalarda o‘sha davrga xos noyob bezaklar va arab yozuvidagi mukammal xatlar ko‘zga tashlanadi.
Shuningdek, topilgan qo‘lyozmalarda handasa, riyoziyot, astronomiya va tibbiyotga oid juda qimmatli ma’lumotlar jamlangan. Ular orasida Somoniy va Qoraxoniy sulolalari davrida chiqarilgan tangalar, shuningdek 1667–1670 yillarda Shvetsiya, 1836 yilda esa Buyuk Britaniyada zarb etilgan namuna tangalar ham bor.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, ilk kumush tangalar miloddan avvalgi III asrga borib taqaladi. Ularning oldingi qismi — aversiga hukmdor surati, orqa qismi — reversiga esa ramziy tasvirlar, podsholarning ismi va tamg‘alari tushirilgan bo‘lgan.
Ayni vaqtda Axsikent kompleks ekspeditsiyasi Yakkayigit bog‘ida — Umarshayx Mirzoning rezidensiyasi hisoblangan hududda qazishmalar olib bormoqda. Yangi topilmalar nafaqat mahalliy aholi, balki keng jamoatchilik va olimlar orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi.
Bu kashfiyot yana bir bor Axsikentning tarixiy markaz sifatida naqadar boy madaniy va ilmiy merosga egaligini ko‘rsatdi.
Axsikentda VIII asr qo‘lyozma va Abbosiylar davri tangalari topildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar