date

Prokurorlar reper P.Diddi uchun 11 yil talab qildi

Prokurorlar reper P.Diddi uchun 11 yil talab qildi

Reuters'ning yozishicha, federal prokurorlar mashhur reper P.Diddi (Shon Kombs)ni 11 yilga ozodlikdan mahrum etish va 500 ming dollar jarima bilan jazolashni so‘rab sudga murojaat qildi.

Sud materiallarida qayd etilishicha, ayblov tomoni Diddi uchun “eng kamida 135 oylik qamoq jazosi”ni talab qilgan. Unga nisbatan yakuniy hukm 3 oktyabr, juma kuni Nyu-Yorkda e’lon qilinishi kutilyapti.

Shu bilan birga, P.Diddi'ning advokatlari reperga nisbatan ancha yengilroq jazo tayinlanishini istab, uni 14 oydan ziyod bo‘lmagan muddatga qamashni so‘rashgan. Ular shuningdek, sudgacha o‘tkazgan bir yillik qamoq muddatini umumiy jazoga qo‘shib hisoblash kerakligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshida hukm chiqargan hakamlar hay’ati Diddini ayollarni fohishalikka jalb qilish uchun tashish ayblovida aybdor deb topgan. Biroq u jinoyatchilikka rahbarlik qilish va jinsiy savdo bilan bog‘liq og‘irroq ayblovlardan oqlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Prokurorlar reper P.Diddi uchun 11 yil talab qildi