date

Turkiyada mashhur artist va qo‘shiqchilar ommaviy tarzda hibsga olindi

Turkiyada mashhur artist va qo‘shiqchilar ommaviy tarzda hibsga olindi

Turkiya shou-biznesida shov-shuvli voqea yuz berdi. Mamlakatdagi bir qator mashhur san’atkorlar va aktyorlar giyohvand moddalarni targ‘ib qilish hamda kontrabanda ishi doirasida hibsga olindi. Bu haqda 8-oktyabr kuni Halk TV telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbul Bosh prokuraturasining kontrabanda, giyohvand moddalar va iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha tergov bo‘limi tomonidan shou-biznes olamidagi qator taniqli shaxslarga nisbatan maxsus operatsiya o‘tkazilgan. Ular orasida Hadise, Dilan va Engin Po‘lat, Simge Sag‘in, Demet Evgar hamda Kubilay Aka kabi yulduzlar borligi ma’lum qilingan.

Telekanal xabariga ko‘ra, hibsga olinganlar ro‘yxati ancha uzun:

Ular orasida qator mashhur ismlar bor: Birse Akalay, Birsen Berrak Tuzunatach, Jeren Moray Orjan, Deren Tal-u, Duygu O‘zaslon Mutaf, Feyza Altun, Irem Deriji, Qaan Yildirim, Mert Yazidjiog‘lu, Metin Akdyulger, O‘zge O‘zpirinchchi, Zaynab Merich Aral Keskin va Ziynet Sali ham bor.

Hozirda ular Istanbul viloyati jandarmiya boshqarmasiga olib ketilib, so‘roq va qon tahlillaridan o‘tkazilmoqda.

Qo‘shiqchi Irem Derijining advokati Oyshagul Mermer jurnalistlarga izoh berib, hozircha ishning mazmuni haqida rasmiy ma’lumot berilmaganini aytdi. 

“Biz so‘roq jarayoniga yo‘l oldik. Barcha ma’lumotlar rasmiylashtirilgandan so‘ng jamoatchilikka aniq axborot beriladi”, — dedi u.

Shuningdek, Ziynet Salining advokati ham mijozi haqida fikr bildirdi:

“Ziynet Sali hozir xorijda bo‘lgani sabab so‘roqda qatnasholmadi. U qaytgach, o‘z ko‘rsatmasini beradi. U umrida sigaret ham chekmagan va hech qanday jinoiy guruh bilan aloqasi yo‘q”, — deb ta’kidladi.

Boshqa tomondan, Sözcü nashri xabariga ko‘ra, hibsga olinganlar ro‘yxatida tilga olingan qo‘shiqchi Simge Sag‘inning advokati ham bayonot bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shiqchi bir haftadan beri AQSHda bo‘lib, hozir Turkiyada emas.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyida turk pop yulduzi Sardor O‘rtach ham noqonuniy qimorni targ‘ib qilgani uchun sud qarori bilan 10 oy qamoq jazosiga va 400 lira jarimaga tortilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Turkiyada mashhur artist va qo‘shiqchilar ommaviy tarzda hibsga olindi